Scholarly DOI Repository

Abdurashid Nurmurodov ijodida psixologizm va inson taqdiri talqini

Conference paperBrowse records ↗
Published2025-11-13
Languageuz
Proceedings:Filologik komparativistika va tarjimashunoslik masalalari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Organizer:Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Location:Toshkent
Conference date:2025-11-12 – 2025-11-13
Publisher:Toshkent : TAShDO'TAU
Proceedings year:2025
Pages:897–904

Abstract

Zamonaviy o‘zbek nasrining yetuk vakili Abdurashid Nurmurodov ijodi psixologik tahlilning chuqurligi va inson taqdiriga bo‘lgan yuksak e’tibori bilan adabiyotimizda alohida o‘rin egallaydi. Ushbu maqolada adibning “Urush bevalari”, “Qonli yo‘rgaklar” va “Qon hidi” asarlari misolida psixologizm tamoyillari va inson taqdiri talqini ilmiy-adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Yozuvchi asarlarida qahramonlarning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblar va ekstremal vaziyatlardagi holatlari ochib beriladi. Urush va insoniy fojia fonida yaratilgan obrazlarning psixologik ishonchliligi hamda dramatik konfliktlarning talqini o‘rganiladi. Adibning obraz yaratish mahorati, badiiy til va uslubining o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, realizm tamoyillariga tayanish usullari yoritib beriladi. Shaxs va jamiyat, inson va taqdirning murakkab o‘zaro to‘qnashuvi Nurmurodov ijodining bosh g‘oyaviy-badiiy o‘qini tashkil etishi asoslangan.

Keywords
Abdurashid Nurmurodovpsixologizminson taqdiriichki kechinmalarbadiiy konflikturush fojiasio‘zbek nasri

References

  1. Abdurashid Nurmurodov. Qonli yoʻrgaklar. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. - 512 b.
  2. Abdurashid Nurmurodov. Qon hidi (roman). – Toshkent: Zabarjad media, 2020. – 384 b.
  3. Abdurashid Nurmurodov. Urush bevalari (qissa). – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. – 128 b.
  4. Abdurashid Nurmurodov. Nurafshon yog'du (roman). Elektron kutubxona manbasi
  5. (Ziyouz.com).
  6. Abdurashid Nurmurodov. Tutash taqdirlar; Tazarru; Bolalikka otilgan oʻq (qissalar). - Toshkent:
  7. Yangi asr avlodi, 2010. - 256 b.
  8. Karimov, N. va boshq. Oʻzbek adabiyoti tarixi (6 tomlik). – Toshkent: Fan, 2006. 1–6-jildlar.
  9. Nazarov, B. Oʻzbek nasrining rivojlanish tendensiyalari. – Toshkent: Fan, 1983. – 216 b.
  10. Normatov, U. Ijod sirlari. - Toshkent: Yozuvchi, 1983. – 224 b.
  11. Normatov, U., Rasulov, A. Oʻzbek romanining taraqqiyot bosqichlari. – Toshkent: Fan, 1990. –
  12. 280 b.
  13. Qoʻchqorov, R. Badiiy mahorat masalalari. - Toshkent: Oʻqituvchi, 1978. – 184 b.
  14. Mirzayev, I. Hozirgi oʻzbek hikoyachiligi. – Toshkent: Fan, 1977. – 148 b.
  15. Yoʻldoshev, Q. Badiiy asar tahlili. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2007. – 312 b.
  16. Abdullaev, E. Psixologik tasvir usullari oʻzbek nasrida. – Toshkent: Fan, 1995. – 192 b.
  17. Qosimov, B. Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti. – Toshkent: Ma'naviyat, 2002. – 336 b.
  18. Toʻxliyev, B. Oʻzbek adabiyoti. - Toshkent: Sharq, 2005. – 448 b.
  19. Quronov, D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Navoiy universiteti, 2018. – 268 b.
  20. Yoʻldoshev, Q. Yoniq soʻz. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. – 256 b.
  21. Nurmuradova, D.B. "Abdurashid Nurmurodovning "Urush bevalari" va "Qonli yoʻrgaklar"
  22. asarini oʻqib". Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar respublika ilmiyamaliy konferensiyasi materiallari. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU, 2022.
  23. – В. 190-192.
How to cite
Citation style:

Nurmuradova D. Abdurashid Nurmurodov ijodida psixologizm va inson taqdiri talqini // Filologik komparativistika va tarjimashunoslik masalalari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent: TAShDO'TAU, 2025. – B. 897–904. – DOI: 10.67895/29xaaxbm.