Ibn Sino, Farididdin Attor va Alisher Navoiy “tayr” qissalarida qush timsoli va ruhiy safar modeli (qiyosiy tahlil)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Sharq mumtoz adabiyoti va tasavvuf falsafasi tarixida alohida o‘rin tutuvchi “Tayr” (qush) qissalarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot obyektini Abu Ali ibn Sinoning “Tayr qissasi”, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” hamda Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asarlari tashkil etadi. Qushlarning ramziy talqini, safar (sayr va suluk) modeli, tuzoq va ozodlik metaforalari, shuningdek, komil inson konsepsiyasining turli bosqichlarda shakllanishi tahlil qilingan.
Uch muallif qarashlarida umumiy manba – tasavvufning ruhiy poklanish konsepsiyasi mavjud bo‘lsa-da, har bir asar o‘ziga xos ma’naviy, falsafiy va badiiy yondashuv bilan ajralib turadi. Ibn Sinoda qushlar falsafiy-ontologik timsol sifatida talqin qilinsa, Attorda ishq va ma’rifat markaziy o‘rin egallaydi. Navoiyning talqinida esa xalqchil, ijtimoiy va komillik g‘oyalari uyg‘unlashadi. Maqola mumtoz adabiy tafakkur evolyutsiyasini ko‘rsatib, tasavvufiy ramzlar orqali shakllangan bilish modelining poetik tabiatini ochib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Abu Ali Ibn Sino. Tayr qissasi // O‘zbek adabiyoti. Beshinchi tom, ikkinchi kitob. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968.
- Abu Ali Ibn Sino. Tayr qissasi // Islom tasavvufi manbalari. Nashrga tayyorlovchi: H. Boltaboyev. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.
- Farididdin Attor. Mantiq ut-tayr (Qush tili). Doston. Fors tilidan tarjimon: J. Kamol. – Toshkent: Fan, 2006.
- Farididdin Attor. Mantiq ut-tayr. Doston. To‘rt jildlik. 1-jild. Tarjimon: J. Kamol. – Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2022. – 464 b. – ISBN 978-9943-20-892-6.
- Alisher Navoiy. Lison ut-tayr // To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 9-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011.
- Shodiyeva, S. Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” hamda tasavvufiy dostonlarda qush timsoli // TANQID VA TAHLIL elektron jurnali. 2024.
- “Qaqnus: attorona, navoiyona” // Oyina.uz maqolasi. 2022. oyina.uz
- “Lison ut-tayr” sari sayr // “Hurriyat” gazetasi sayti. 2020.
Yuldasheva X. Ibn Sino, Farididdin Attor va Alisher Navoiy “tayr” qissalarida qush timsoli va ruhiy safar modeli (qiyosiy tahlil) // Turkiy xalqlar adabiyotshunosligi va matnshunosligining dolzarb masalalari. Xalqaro ilmiy-nazariy konferans materiallari. – Toshkent: Tavfiqnashr, 2026. – B. 163–166. – ISBN 978-9910-8664-0-1. – DOI: 10.67895/u3we4uzk.